O‘zbekiston | 17:53 / 27.08.2015
2863
1 daqiqa o‘qiladi

«Sharq taronalari» festivali doirasida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 27 avgust kuni Samarqand shahrida «Sharq taronalari» X xalqaro musiqa festivali doirasida «Sharq xalqlari musiqa madaniyatining mushtarakligi» mavzusida xalqaro ilmiy anjuman ish boshladi. Anjumanda 30 nafarga yaqin xorijlik mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Jumladan, Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Eron, Afg‘oniston, Misr, Butan, Turkiya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Ummon, Ozorbayjon singari mamlakatlardan san'atshunos olimlar qatnashmoqda. Ular Sharq xalqlari musiqiy madaniyatini saqlab qolish va rivojlantirish, globallashuv sharoitida “ustoz-shogird” an'anasiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishmoqda.

Konferentsiya chog‘ida o‘zbekistonlik mohir ijrochilar Mahmud Tojiboyev va Farhod Halimov master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

Ilmiy anjuman ertaga o‘z ishini davom ettiradi.