Jahon | 23:55 / 27.08.2015
6214
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyada 1894 yil gazetasi bo‘lgan “vaqt kapsulasi” topildi

Shotlandiyaning Kingassi shahri yaqinida quruvchilar 1894 yilga mansub “vaqt kapsulasini” topib olishdi.

Poyafzal qutisi o‘lchamidagi metall quticha ichida xat, bir shisha viski va 1894 yilda chop etilgan gazeta topildi. Barcha topilgan buyumlar Nyutonmor shahri muzeyiga yuborildi.

Kapsula ko‘prikni almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari paytida topildi.

Ushbu topilma aniqlangandan keyin mahalliy maktablarda o‘z vaqt kapsulalarini yaratishga tushib ketishdi.

Dunyodagi eng qadimiy kapsula AQShda 2014 yilning dekabrida topilgan. Taxmin qilinishicha, uni 1795 yilda Massachusets gubernatori Samuel Adams kovlab qo‘ygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish