Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada halokatga uchragan "Boing" samolyoti bo‘yicha hisobot 13 oktabr kuni e'lon qilinadi
Niderlandiya xavfsizlik xizmati Ukrainaning sharqiy qismida halokatga uchragan Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyotining qo‘lashiga sabab bo‘lgan omillar bo‘yicha so‘nggi hisobotni 13 oktabr kuni e'lon qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.
«Bugun Niderlandiya xavfsizlik kengashi qidiruvchi vakillarga va halokat qurbonlarining qarindoshlariga MH17 samolyotining qulashi bo‘yicha so‘nggi hisobot 2015 yilning 13 oktabr kuni o‘qib eshittirilishini ma'lum qildi», — deyiladi Niderlandiya xavfsizlik xizmati xabarida.
Tashkilot bergan xabarda yozilishicha, halok bo‘lganlarning qarindoshlari mazkur ish bo‘yicha olib borilgan surishtiruvning rasmiy natijalari bilan tanishtiriladi.