Sport | 18:24 / 27.08.2015
3998
1 daqiqa o‘qiladi
Useyn Bolt 200 metrga yugurishda ham g‘alaba qozonib, 10 karra jahon chempioniga aylandi
Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Xitoyda davom etayotgan yengil atletika bo‘yicha jahlon chempionatining 200 metr masofaga yugurish bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va 10 karra jahon chempioniga aylandi.
Mazkur masofada ikkinchi o‘rin AQSh vakili Jastin Getlinga nasib etgan bo‘lsa, bronza medalini Janubiy Afrika Respublikasi vakili Anaso Jobodvana o‘ziniki qilib oldi.
Yengil atletika. JCh-2015. Beyjing (Xitoy)
Erkaklar. 200 metrga yugurish
1. Useyn Bolt (Yamayka) — 19,55.
2. Jastin Getlin (AQSh) — 19,74.
3. Anaso Jobodvana (JAR) — 19,87.