Jahon | 15:43 / 27.08.2015
3445
1 daqiqa o‘qiladi

Yanukovich Rostov-na-Dondagi yashash manzilini e'lon qilishga tayyor

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ukrain tergovchilariga Rostov-na-Dondagi o‘z yashash manzilini ko‘rsatishga tayyor, deya ma'lum qildi sobiq siyosatchining advokati Vitaliy Serdyuk. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Advokatning ta'kidlashicha, sobiq prezident Ukraina fuqaroligida qolgan bo‘lib, tergov olib boruvchi muassasalarga barcha zarur ko‘rsatmalarni berishga tayyor. Biroq u mamlakatiga hayoti uchun tahdid tug‘ilishi bois hozircha bora olmaydi.

Bundan avvalroq Serdyuk Ukraina bosh prokuraturasidan Yanukovich tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari haqida hech qanday xabar kelib tushmaganini ma'lum qilgan edi.