Iqtisodiyot | 11:11 / 27.08.2015
2334
1 daqiqa o‘qiladi

Zurich Insurance Britaniyaning RSA Insurance kompaniyasini 8.8 mlrd dollarga sotib oladi

Shveytsariyaning Zurich Insurance sug‘urta kompaniyasi britaniyalik raqobatchisi RSA Insurance Group’ning har bir aksiyasini 8.67 dollardan sotib olish haqidagi taklif bilan chiqdi. Bu borada tarqatilgan matbuot xabarnomasida ta'kidlanishicha, Britaniya kompaniyasi aksiyalarining umumiy qiymati 8.8 mlrd dollarga baholanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, RSA Insurance direktorlar kengashi aksiyadorlarga ushbu taklifni qabul qilishga tavsiya berishga tayyorlanmoqda.
1872 yili tashkil topgan Zurich Insurance Group dunyoning 170 dalatida yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatini ko‘rsatadi. Kompaniya shtab-kvartirasi Shveytsariyaning eng yirik shahri – Tsyurixda joylashgan.

Kompaniya xodimlari miqdori 55 ming kishini tashkil qiladi.
O‘z navbatida, RSA Insurance 140 mamlakatda faoliyat yuritadi. Uning umumiy shtati 19 ming xodimdan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish