Jahon | 22:15 / 28.08.2015
12859
1 daqiqa o‘qiladi

25 yildan keyin Markaziy Osiyo davlatlariga qurg‘oqchilik xavfi tahdid qilishi mumkinligi aytildi

25 yildan keyin Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistonga qurg‘oqchilik xavfi tahdid qilishi mumkin. Bundan Butunjahon tabiiy zaxiralar instituti bergan ma'lumotlar darak bermoqda.

“Xavf solinayotgan” guruhga 33 ta davlat kiritilib, unga Markaziy Osiyo davlatlaridan faqatgina Tojikiston kiritilmadi.

Tahlilchilarning fikricha, suv (chuchuk suv) resurslarining qisqarishi qurg‘oqchilik, umumiy tashnalik va bir qator hududlarda suvga egalik qilish negizida qurolli to‘qnashuvlarga olib keladi.

2012 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida suv tufayli Markaziy Osiyoda urush yuzaga kelishi mumkinligi xavfidan ogohlantirgan edi.