O‘zbekiston | 10:50 / 28.08.2015
11318
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonga "IShID"ga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishni taklif qildi

AQSh O‘zbekistonga IShID jangarilariga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyaga qo‘shilishni taklif qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Deniyel Rozenblyum O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ushbu taklifni bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, koalitsiya harbiy sohagagina yo‘naltirilmay, balki radikallarni moliyalashtirishga qarshi kurashni, ularning saflariga yanada ko‘proq odamlar qo‘shilishining oldini olishni ham ko‘zda tutadi.

Bundan oldinroq, 27 avgust kuni O‘zbekiston TIV binosida Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.