Jamiyat | 05:45 / 28.08.2015
3458
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik o‘qituvchi ikki yil ichida 111 marta ishga kechikib kelgandan keyin ham ishlayveradigan bo‘ldi

Nyu-Jyersida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z ishiga ikki yil ichida 111 marta kech qolib kelgan bo‘lsa ham, ishlashiga ruxsat berildi, deb yozmoqda The New York Post nashri.

19 avgustda betaraf hakam 15 yillik ish tajribaga ega bo‘lgan Arnold Andersonning o‘z ish sifati sekin harakat qilishidan ancha ustun ekanligi haqidagi da'vosini tanqid qildi.
Hakam Andersonni oxirgi o‘quv yilida 46 marta va undan oldingi o‘quv yilida 65 marta ishga kech qolib kelganlikda ayblagan.

Biroq hakam maktab rahbariyati o‘z xodimini intizomini to‘g‘rilashi zarurligi haqida ogohlantirmagani bois o‘qituvchi ishini davom ettira olishi, biroq kelgusida intizomliroq bo‘lishi kerakligiga qaror qildi.

Anderson yiliga 90 ming dollar maosh oladi, biroq maktab rahbariyati sinov muddati doirasida unga kelasi yilning yanvarigacha oylik to‘lashni to‘xtatib qo‘ydi.