Jahon | 14:12 / 28.08.2015
3139
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada yuk mashinasi ichidan 70 muhojirning jasadi chiqdi

Avstriyada tashlab ketilgan yuk mashinasi ichidan 70dan ortiq muhojirning jasadi topildi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar bermoqda.

Avstriya IIV matbuot kotibi Aleksandr Marakovitsning ma'lum qilishicha, dastlab yuk mashinasida 50 jasad borligi aniqlangan, ammo keyinchalik qurbonlar soni ko‘proq ekanligi aniqlangan.
Mashina Slovakiya va Vengriya bilan chegaraga yaqin hududda qoldirib ketilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish