Jahon | 18:19 / 28.08.2015
3175
1 daqiqa o‘qiladi
Bank of America Xitoy bozorining 35 foizga tushishini bashorat qildi
XXR fond bozoridagi ko‘tarilish vaqtinchalik bo‘lib, hukumatga qimmatga tushadi. Investorlar mamlakatga Shanghai Composite 35 foiz qiymatini tashlaganidan so‘ng qaytadi. Bu haqda Bank of America ekspertlariga tayangan holda Bloomberg agentligi ma'lum qilmoqda.
“Hukumat bozorni bevosita qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi bilan investorlar aksiyalardan qutula boshlaydilar”, - deydi bank tahlilchisi Devid Tsuy. Navbatdagi tushishdan so‘ng Xitoy aksiyalari arzonlashadi, mana shunda investorlar ularni sotib ola boshlaydi.
Ma'lumki, XXR moliya bozorini boshqarish bilan China Securities Finance Corp. davlat agentligi shug‘ullanadi. Taxmin qilinishicha, yaqin ikki oy ichida agentlik valyuta intervensiyalari o‘tkazishni to‘xtatadi.