Jahon | 15:46 / 28.08.2015
3229
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus prezidentligiga nomzod bir stakan sharbat tufayli shifoxonaga yotqizildi

Belarus prezidentligi uchun kurash olib borayotgan Viktor Tereshchenko o‘tkir allergik reaksiya tufayli Minsk shifoxonalaridan biriga yotqizildi.

“Nomzod Minsk oshxonalaridan birida iste'mol qilgan sabzi sharbati tufayli shifoxonaga tushib qoldi”, deyiladi belarus nashri xabarida.

Nashrning qayd etishicha, Tereshchenko ikki xo‘plam sabzi sharbatini ichib, tobi qochgan va zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirishga to‘g‘ri kelgan.

Tereshchenko – besh nafar nomzodning biri bo‘lib, saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan 100 ming imzoni to‘play oldi.

65 yoshli iqtisodchi Belarus prezidentligi uchun 1994, 2001 va 2010 yilgi saylovlarda ham ishtirok etgan.
Belarusda prezidentlik saylovi 2015 yilning 11 oktabrida bo‘lib o‘tadi.