Iqtisodiyot | 17:41 / 28.08.2015
2856
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: neft kompaniyalari yashab qolishi uchun 500 mlrd dollardan ziyod mablag‘ kerak

Neft narxi olti yillik past ko‘rsatkichlarga tushib ketgan davr mobaynida neft kompaniyalari o‘z obligatsiyalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida 500 mlrd dollardan ziyod mablag‘ sarflashlari lozim. Bu haqda Bloomberg agentligi Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo neft-gaz sohasidagi yetakchi kompaniyalar ma'lumotlariga asoslangan holda xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, kompaniyalarning sof daromadi va sof qarzlari o‘rtasidagi nisbat so‘nggi 20 yil ichida rekord darajada o‘sgan. Agentlik tahlilchilari fikriga ko‘ra, duyon neft bozoridagi narx-navo shu tahlit qolsa, 7-10 yildan so‘ng o‘z qarzlaridan qutula olmagan ko‘plab o‘yinchilar bozorni tark etishga majbur bo‘ladi.

Ma'lum qilinishicha, kompaniyalar 2015 yilda 72 mlrd, 2016 yilda 82 mlrd, 2017 yilda esa 129 mlrd dollar miqdoridagi qarzlarini uzishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, energetik kompaniyalarning umumiy qarzdorligi keyingi 5 yil ichida 550 mlrd dollardan oshadi.