Jahon | 20:16 / 28.08.2015
3628
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing muhandislari dronlarni yo‘q qiladigan lazer pushka yaratishdi

Boeing muhandislari uchuvchisiz parvoz qurilmalarini yo‘q qilish uchun lazer yaratishdi, deb xabar bermoqda Wired nashri.

Yangi qurol dronlarga ikki kilovatt quvvatga ega infraqizil lazer bilan otadi. Boeing kompaniyasida qurolning ta'sir qilish doirasining aniq radiusi aytilmayapti, biroq pushka optik asboblarning ko‘rinish hududida bo‘lgan dronlarni yo‘q qila olishi ta'kidlanmoqda. Lazer nuri qurilmaning korpusida teshik ochib, uning ichidagi elektronika va mexanikani ishdan chikaradi. Qurol dron korpusini kuydirib teshik ochishi uchun 2 soniya vaqt talab qilinishi aytilmoqda.

Pushka oddiy Xbox 360 kontrollyori va tegishli dasturiy ta'minot o‘rnatilgan noutbuk yordamida boshqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish