Jamiyat | 19:11 / 28.08.2015
3167
2 daqiqa o‘qiladi

Boshqirdistonlik o‘quvchilarga har kuni asal beriladi

Boshqirdistonda o‘quvchilarning har kungi ratsioniga asal qo‘shilishi mumkin, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Bunday taklifni respublika rahbari Rustam Hamitov bildirgan. 

“Asal maktab taomnomasiga kiritilishi mumkin, o‘quvchilarga har kuni germetik idishga solingan 2-5 gramm asal berish rejalashtirilmoqda”, deb aytdi jurnalistlarga Hamitovning matbuot kotibi Artyom Valiyev.

Valiyevning aytishicha, asal yetkazib beruvchi tashkilot sifatida “Bashkirskiye paseki” kompaniyasi tanlandi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, asal aynan kimning hisobiga – davlat yoki ota-onalarning hisobiga berilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Hamitovning taklifini Boshqirdiston poytaxti – Ufaga ishchi tashrif bilan kelgan Butunjahon asalarichilik uyushmalari federatsiyasi rahbari Jil Ratia qo‘llab-quvvatladi. Ratianing aytishicha, bu Boshqirdistonda asalarichilikning rivojlanishiga yordam beradi va bolalar uchun eng yaxshi diyetani shakllantiradi. Ratianing ta'kidlashicha, ozgina miqdordagi asal shakardan ko‘ra ancha foydaliroqdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish