Jahon | 06:03 / 28.08.2015
2676
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada muhojirlar oqimi tarixiy maksimumiga erishdi

Buyuk Britaniyaga kelayotgan muhojirlar oqimi 2015 yil 31 martda tugagan yil ichida tarixdagi rekord darajada qayd etildi, deb yozmoqda The Financial Times nashri.

Qayd etilishicha, muhojirlarning sof oqimi qariyb 330 ming kishini tashkil qildi. Bu 2005 yilda Yevropa Ittifoqi Sharqiy Yevropa davlatlarigacha kengaygandan keyingi rekord darajadan ko‘proqni tashkil qildi. O‘shanda bu ko‘rsatkich 320 ming kishini tashkil qilgan.

Muhojirlar sonining o‘sishi ham Britaniyaga keladigan Yevropa davlatlari fuqarolari, ham boshqva davlatlardan kelayotgan odamlar hisobiga oshgan.

YeIdan Buyuk Britaniyaga kelayotgan odamlar soni 183 minggacha oshdi, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 53 mingga ko‘proqni tashkil qildi. YeIga kirmaydigan davlatlardan keluvchi muhojirlar soni 196 ming kishigacha, ya'ni 39 ming kishiga oshdi.

Yevropada qochqinlar va noqonuniy muhojirlar soni Ikkinchi jahon urushi oxiridan beri rekord ko‘rsatkichlarga erishdi. Iyulda YeIda ro‘yxatdan o‘tgan muhojirlar soni 107,5 ming kishini, ya'ni o‘tgan yilning iyuliga nisbatan 2 barobar qo‘proqni tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish