Sport | 15:27 / 28.08.2015
3107
1 daqiqa o‘qiladi
«Chelsi» xitoylik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi himoyachisi Chjan Lingpen Londonning «Chelsi» klubiga safiga borib qo‘shildi.
Futbolchining o‘zi bu xabarni mahalliy televideniyega bergan intervyusi chog‘ida ma'lum qilgan, deb yozmoqda L’Equipe nashri.
Manbaning yozishicha, London klubi 26 yoshli Xitoy terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olgan va u Angliyada ishlash huquqini beruvchi hujjatni qo‘lga kiritgunicha uni qaytadan o‘z klubiga ijaraga bergan.
Lingpen Xitoy terma jamoasi safida 44 uchrashuvda maydonga chiqqan bo‘lib, klubi bilan 4 karra mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.