Jahon | 12:18 / 28.08.2015
3068
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Rossiyaning ko‘p maqsadli Su-30 va o‘quv-harbiy Yak-130 samolyotlariga qiziqish bildirdi

Eron Rossiya aviatsiya va harbiy-dengiz texnikalariga ega bo‘lishga qiziqish bildirmoqda. Ularni nafaqat sotib olmoqchi, balki o‘z hududida ishlab chiqarishni ham rejalashtirgan, deya "Interfaks"ga ma'lum qildi harbiy-diplomatlardan biri.

“Ayni paytda Eron bilan ko‘p maqsadli Su-30 qiruvchilari va Yak-130 o‘quv-harbiy samolyotlari, shuningdek, “Fregat” rusumli suv usti hamda suv osti kemalarini sotish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda, – dedi agentlik suhbatdoshi

MAKS-2015 aviasalonida. – Eronda ajoyib verflar mavjud bo‘lib, ularda Rossiyaning jangovar suv usti va suv osti kemalarini ishlab chiqarish mumkin. Tomonlar mazkur masalada dastlabki konsultatsiyalarni o‘tkazishmoqda.”

Aviasozlik sohasidagi hamkorlik masalalari MAKS-2015 aviasaloni doirasida Aviasoz korporatsiyalar uyushmasi, Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati va "Rosoboroneksport" ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.

Biroz oldinroq, Eron Rossiyadan harbiy samolyotlarning ikki turini sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish