11:21 / 28.08.2015
2881

Facebook tashriflar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Facebook bir kun davomida tarmoqqa tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha rekord natijani qayd etdi, deya xabar bermoqda Associated Press agentligi.

Dushanba, 24 avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining bir milliard foydalanuvchisi o‘z sahifasini ko‘zdan kechirgan.

Shu munosabat bilan kompaniya rahbari Mark Tsukerberg o‘z feysbukiga dushanba kuni tarmoqqa dunyo aholisining har yetti nafaridan biri yaqinlari va do‘stlari bilan muloqot qilish uchun tashrif buyurgani haqidagi ma'lumotni joylashtirdi.

Facebook`ning ushbu ma'lumoti iyul oyida ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilarning o‘rtacha soni bir milliardga yetganini ko‘rsatadi. Iyun oyidagi ko‘rsatkich esa 968 million nafarni tashkil etgan edi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 1,5 mlrd nafarga yaqin kishi ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasini ochgan bo‘lib, ularning barchasi oyida eng kamida bir marotaba sahifasini ko‘zdan kechiradi.

Top