Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GAZ Moskvadagi ko‘rgazmada g‘ildiraklar ustida uy namoyish qildi
Gorkiy avtomobil zavodi guruhi 26-30 avgust kunlari Moskvada “Krokus Ekspo” ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tayotgan Moscow Off-road Show xalqaro ko‘rgazmasida sayyohlik uchun mo‘ljallangan yangi avtomobillar modifikatsiyasini namoyish qildi.
Ma'lum qilinishicha, ko‘rgazmada shassi ustida ikki qatorli, yon tomonlama chiquvchi seksiyaga ega “Gazel Next” modelining “Avtodom” deb nomlangan modifikatsiyasini namoyish qilindi.
Avtomobil yetti kishini tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sovitgich, ochiluvchi tent, gaz isitgich, tutunni tashqariga chiqaruvchi moslamaga ega gaz plitasi, muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, biohojatxona, umivalnik va dush kabina bilan jihozlangan.
Avtomobil, shuningdek, issiqni yaxgi saqlash uchun ikki qavatli plastik oyna, yotoqxona, oshxona va barcha kerakli mebel jihozlariga ega ovqatlanish zonasiga ega. Mashinada Cummins ISF 2,8 dizel dvigateli o‘rnatilgan.