O‘zbekiston | 17:39 / 28.08.2015
5030
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda firibgar folbin ikki “mijoz”dan aldov yo‘li bilan qariyb 7 mln so‘m oldi

Jizzaxda firibgar folbin ikki “mijoz”dan aldov yo‘li bilan qariyb 7 mln so‘m oldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

2008 yildan buyon firibgarlik uchun to‘rt marta sudlangan Dilorom Qo‘chqorova bu safar o‘zini folbin deb e'lon qilib, “mijoz” yig‘a boshladi. Uning uyiga kelgan D. Usmonqulovadan aldov yo‘li bilan 2.3 mln so‘m, Usmonqulovaga ergashib kelgan X. Mullajonovadan 4.55 mln so‘m oldi. Bu mablag‘ naqd pul va tilla buyumlar hisobida olindi.

Tez orada aldanganini tushungan “mijoz”lar Qo‘chqorova ustidan tegishli joyga arz qilishdi. Sud chog‘ida aybini tan olib, pul va moddiy qimmatliklarni egalariga qaytargan Qo‘chqorova o‘z xatti-harakatlaridan pushaymonligini bildirgani bois amnistiyaga tushib, ozod qilindi.