Jahon | 14:15 / 28.08.2015
8390
1 daqiqa o‘qiladi
Kim Chen In Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishilishini o‘z quroli kuchi bilan tushuntirdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya yarim oroli davlatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvnining muhim tarixiy voqea bo‘lganligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Shu bilan birga, uning fikricha, bu kelishuvga erishilishida KXDRning harbiy kuchlari birlamchi rol o‘ynadi.
“Buyuk partiya hamda uning atrofida birlashgan xalq tomonidan yaratilgan ulkan harbiy qudrat va yadroviy salohiyat tufayli bunga erishildi”, - ta'kidlanadi Koreya markaziy telegraf agentligida joylashtirilgan bayonotda.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya rahbari erishilgan kelishuv urush xavfini bartaraf etib, “Koreyalararo munosabatni ishonch va tinchlik yo‘liga o‘tkazishi”ga umid bildirdi.