Jahon | 19:39 / 28.08.2015
6920
1 daqiqa o‘qiladi
Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish imkonsiz ekanini ma'lum qildi
Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqi Ukraina atrofidagi voqealar tufayli Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qila olmasligini ma'lum qildi, deyiladi Deutsche Welle xabarida.
Merkel sanksiyalar bir qator kompaniyalarga ta'sir ko‘rsatayotgani ko‘rib turganini qayd etdi. Uning ta'kidlashicha, Germaniya hukumati Moskva bilan konstruktiv munosabatlar o‘rnatishni istaydi.
“Biz Rossiya bilan hamkorlik aloqalarini tiklashni xohlaymiz, biroq o‘rtamizda ko‘plab xalqaro muammolar mavjud”, – dedi Merkel.