Jahon | 09:46 / 28.08.2015
3340
1 daqiqa o‘qiladi

Minglab kyolnliklar bir tonnaga yaqin Amerika bombalari tufayli evakuatsiya qilindi

Germaniyaning qadimiy Kyoln shahrida bir necha ming fuqaro quruvchilar topib olgan portlovchi moddalar sababli evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda Koelner Stadt Anzeiger nashri.

Payshanba, 27 avgust kunining ikkinchi yarmida quruvchilar ko‘chada chuqur qazishni boshlashdi va ko‘p miqdordagi portlovchi moddalarga duch kelishdi. Ma'lum bo‘lishicha, bir tonnaga yaqin Amerika bombalari Ikkinchi jahon urushidan qolib ketgan ekan.

Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida portlovchi moddalar aniqlangan joydan 500 metrgacha radiusdagi xonadonlarda yashovchilar evakuatsiya qilindi. Ushbu binolar ichida 300 mehmon xordiq chiqarayotgan Hyatt mehmonxonasi va bitta keksalar uyi ham bo‘lgan.

Sapyorlar bombalarni juma kuni kechqurun xavfsizlantirishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu yerda o‘z sherigi bilan ishlayotgan Frits Raxamerning aytishicha, jarayon 25 daqiqadan ko‘p vaqtni olmaydi.