Jahon | 13:39 / 28.08.2015
2712
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Qozog‘iston demokratiyaga ehtiyotkorlik bilan borishi lozim

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning fikricha, mamlakatning demokratiya sari borishida diniy vaziyatni inobatga olgan holda ehtiyot bo‘lish kerak.

“Bizga G‘arb davlatlarida hukm surayotgan demokratiya sari tezroq yetib borish lozimligini aytib kelishmoqda. Biz buni juda yaxshi tushunamiz. Demokratiya insoniyat taraqqiyotining umumiy yo‘lidir, ammo biz har doim Osiyo jamiyati ekanimizni, G‘arbdan farq qiladigan odatlarimiz borligini inobatga olamiz.

Bizning diniy va madaniy qarashlarimiz boshqacharoq. Shu bois biz bu yo‘lda ehtiyotkor bo‘lishimiz lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi Nur.kz resursi.
Shuningdek, Nazarboyev “Konstitutsiya: birlik, barqarorlik, farovonlik” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumandagi chiqishida mamlakat aholisini konstitutsiya qabul qilinganining 20 yilligi munosabati bilan tabrikladi.