18:54 / 28.08.2015
5222

Nazarboyev Qozog‘istonni “Buyuk dasht mamlakati” deb atashni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat konstitutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Konstitutsiya: birlik, barqarorlik, farovonlik” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi chiqishi chog‘ida respublikani “Buyuk dasht mamlakati” deb atashni taklif qildi.

“Fikrimcha, biz “Buyuk dasht mamlakati” deb nomlanishimiz kerak. Ayrimlar o‘zlarini “Osmon osti mamlakati”, ayrimlar esa “Quyosh chiqishi mamlakati” deb ataydi. Biz esa buyuk dasht farzandlarimiz. Bu dashtni ajdodlarimiz himoya qilgan, ular biz uchun bu yerni saqlab qolish uchun o‘z qonlarini to‘kkan. Shu bois, o‘ylashimcha, “Qozog‘iston” nomi bilan bir qatorda “Buyuk dasht mamlakati” nomini ham ishlatsak to‘g‘ri bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi Nur.kz sayti.

Top