O‘zbekiston | 17:51 / 28.08.2015
2904
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston milliy banki 7 oy ichida 36 mln dollarlik 53 ming pul o‘tkazmalarini amalga oshirdi
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki joriy yilning 7 oyi mobaynida 36 mln dollarlik 53 ming pul o‘tkazmalarini amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada aytildi.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda mijozlar 95 nuqta orqali “Aziya Ekspress”, Western Union, MoneyGram va “Zolotaya Korona” xizmatlaridan foydalangan holda pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin. O‘tkazmalarni 5 turdagi xorijiy valyutada: AQSh dollarida, Angliya funt sterlingida, Yaponiya iyenasida, Rossiya rublida va yevroda amalga oshirish mumkin.
Bunday xizmatlar mijozlarga 2002 yildan buyon ko‘rsatib kelinmoqda. Shu davr ichida umumiy miqdori 1.1 mlrd dollarlik 1.6 mln operatsiya o‘tkazilgan.