11:53 / 28.08.2015
6305

O‘zbekistonda "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi

O‘zbekistonda "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi. Ushbu qonun 2015 yil 15 iyulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 6 avgustda Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullangan.

Qonunning maqsadi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdir.

«Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi qonunda sohaga oid qonun hujjatlari, asosiy tushunchalar ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari hujjatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Vazirlar mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining sohadagi vakolatlari ham davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, mansabdor shaxslar, ularning vakolatlari va majburiyatlari belgilangan.

Qonunning to‘liq matni “Xalq so‘zi” gazetasining internetdagi manziliga joylashtirildi.

Top