Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda har yili 17 mln tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi
Hindistonning diplomasyindia.com axborot-tahlil portalida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida erishilayotgan muvaffaqiyatlar mavzusiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Maqolada ma'lum qilinganidek, 1991 yildan hozirgi paytga qadar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmi 2 baravardan ziyodga oshgan. Bu aholi jon boshiga hisoblaganda go‘sht iste'molini 1,3 baravarga, sut va sut mahsulotlari iste'molini - 1,6, kartoshka iste'molini - 1,7, sabzavotni - ikki baravardan ziyod, meva-cheva iste'molini salkam 4 baravar oshirish imkonini berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda hozirgi paytda har yili 17 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Aholi jon boshiga deyarli 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich optimal deb hisoblanadigan iste'mol me'yoridan uch baravar ko‘p hisoblanadi.
Maqolada O‘zbekiston ayni paytda dunyoning 80ta davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot yuborayotgani alohida ta'kidlangan.