Jahon | 07:21 / 28.08.2015
4287
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda Marokash qirolini shantaj qilgan ikki nafar jurnalist hibsga olindi

27 avgustda Fransiyada Marokash qiroli Muhammad VI ni shantaj qilishda gumon qilingan ikki nafar jurnalist hibsga olindi. Bu haqda France-Presse agentligi ma'lum qildi.

“Jurnalistlar Erik Loran va Katrin Grase Marokash qirolligi vakillari bilan uchrashib, ulardan qirol sha'niga dog‘ tushiruvchi ma'lumotlarni chop etmaslik uchun 3 mln yevro olganlaridan keyin hibsga olindilar”, deb xabar bermoqda agentlik.