Jahon | 08:00 / 28.08.2015
6442
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Rossiya noto‘g‘ri yo‘l bilan ketayotgani va G‘arbga muammo tug‘dirayotganini aytdi

AQSh Rossiya G‘arb davlatlari xavfsizligiga muammolar tug‘dirayotgan noto‘g‘ri tashqi siyosiy yo‘nalishni tanladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda 27 avgust kuni AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Kaliforniya shtatidagi Kemp-Pendlton dengiz piyoda qo‘shinlari bazasida harbiy xizmatchilar oldidagi nutqida aytib o‘tdi.

Karter Pentagon rahbari sifatida o‘z oldida ko‘rayotgan global muammolar haqidagi savolga “AQSh, afsuski, Vladimir Putin rahbarligi ostida noto‘g‘ri yo‘l bilan ketayotgan Rossiyaning xatti-harakatlariga munosib javob berishi lozimligini” aytdi.

Vazirning aytishicha, bu harakatlar “Ukrainadagi vaziyatda” namoyon bo‘lmoqda. “Biz buni kuzatishimiz kerak, chunki bu vaziyat bizning milliy xavfsizligimizga taalluqli va bizning muhim ittifoqchilarimiz bo‘lgan mintaqaga tegishli”, deb qo‘shimcha qildi Karter.

Karter AQSh oldida turgan chaqiruvlar oldida birinchi navbatda “IShID” terrorchilik guruhini aytib o‘tdi. “Biz uni yutishimiz kerak va yutamiz ham, biroq bu ma'lum vaqt talab qiladi”, deb aytdi Pentagon rahbari.