Jahon | 23:30 / 28.08.2015
2817
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda markaziy osiyolik ayol o‘z farzandini 100 ming rublga sotmoqchi bo‘ldi

Sankt-Peterburgda Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi o‘zining to‘rt kunlik o‘g‘lini 100 ming rublga sotmoqchi bo‘ldi, deb xabar berilmoqda Rossiya IIV saytida.

“Tezkor-qidiruv ishlari natijasida Rossiya IIVning Primore tumani bo‘yicha bosh boshqarmasi xodimlari Markaziy Osiyo davlatlaridan birining 38 yoshli fuqarosini o‘z chaqalog‘ini sotishda gumon qilib voqea ustida qo‘lga oldi”, deyilmoqda huquq-tartibot muassasasida.

Qayd etilishicha, bola shifoxonaga yotqazilgan. Uni sotmoqchi bo‘lgan onasi Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashaganligi ma'lum bo‘ldi.