Sport | 22:58 / 28.08.2015
2417
1 daqiqa o‘qiladi

Platini agar FIFA prezidenti bo‘lmasa, UYeFAdan ketishini aytdi

UYeFA prezidenti Mishel Platini agar FIFA prezidenti saylovlarida g‘alaba qozona olmasa, unda UYeFAda prezidentlik muddati tugagandan keyin futbol tashkilotidan ketishini aytdi. Bu haqda britan muxbiri Richard Konvey o‘z tvitterida ma'lum qildi.

Platini o‘zining nomzodini FIFA prezidenti lavozimiga qo‘yishini rasman 18 iyulda e'lon qilgan edi.

FIFA prezidenti lavozimiga saylov 2016 yilning 26 fevralida Tsyurixda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish