18:03 / 28.08.2015
1881

Pokiston Kashmirda 6 kishining o‘limi tufayli Hindistonga norozilik bildirdi

Pokiston Kashmirda chegara zonasida sodir bo‘lgan otishmada 6 nafar fuqarosining halok bo‘lishi yuzasidan Hindistonga norozilik bildirdi. Bu haqda Pokistonning Geo-TV kanali xabar berdi.

Aytilishicha, Hindistonning Islomoboddagi elchisi TIVga chaqirilib, unga Pokiston hukumati nomidan norozilik notasi topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tunda Kashmirdagi nazorat chizig‘ida otishma sodir bo‘ldi. Bir soat davom etgan otishma oqibatida Hindiston 3 nafar, Pokiston esa 6 nafar fuqarosining halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Top