Jahon | 16:52 / 28.08.2015
2555
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidentining matbuot kotibi vazifasidan ozod etildi

Qirg‘iziston prezidentining matbuot kotibi Janar Akayev vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasining matbuot xizmati xabarida ma'lum qilingan.

"Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 27 avgust kuni o‘z matbuot kotibi Janar Akayev Qurbanbayevichni vazifasidan ozod qilish haqidagi farmonini imzoladi", deyiladi xabarda.