Jamiyat | 14:26 / 28.08.2015
5421
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda qirg‘izistonlik ayol bolasi bilan 8 yil qullikda ushlab turildi

Qirg‘izistonlik ayol bolasi bilan 8 yil davomida Qozog‘istonda qullikda ushlab turildi. Qirg‘iziston telegraf agentligining xabar qilishicha, ayol qochib ketishga muvaffaq bo‘lib, Olma-Ota chetida telefon topgan va Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan bog‘langan.

“Bugun FVVga Qozog‘istondan ayol qo‘ng‘iroq qilib, 8 yil muqaddam qo‘lidagi bola bilan qullikka sotib yuborilganligini aytdi. Ma'lum bo‘lishicha, u chorva boqqan, u yashayotgan tog‘larda odam kam bo‘lgan va tashqi dunyo bilan aloqa qilishning imkoni bo‘lmagan”, - dedi vazirlik vakili.

Qochib ketganidan so‘ng ayol bolasini boqish uchun qurilishda oshpaz bo‘lib ishlagan. FVV uning shaxsini aniqlab, 8 yil muqaddam O‘shning Novqat tumanidan yo‘qolib qolganini ma'lum qildi.

Ayolni yurtiga qaytarish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirildi. U ertaga, 29 agust kuni Qirg‘izistonda bo‘lishi aytilmoqda.

Uning farzandi 8 yoshda bo‘lib, hali maktabga bormagan.