Jamiyat | 14:32 / 28.08.2015
3702
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik ayol 3 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Oqmola viloyati Ko‘kshetau shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli ayol o‘zining uch yoshli qizini sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. U o‘z farzandini 950 ming tenge (taxminan 4 ming dollar. — kun.uz)ga baholadi.

24 KZ internet nashrining viloyat IIB matbuot xizmati ma'lumotiga asoslangan holda xabar berishicha, qo‘lga olingan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayol voyaga yetmaganlar savdosi bo‘yicha (QR JK 135-moddasi) ayblanmoqda.

Qo‘lga olish jarayoni Oqmola viloyat IIBning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Ayni paytda jinoiy ish yuzasidan tergov harakati olib borilmoqda.