Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanxay Xalqaro savdo palatasining delegatsiyasi O‘zbekiston keladi
Sentyabr oyida Xalqaro savdoni rag‘batlantirish Kengashi bosh kotibining o‘rinbosari, Shanxay Xalqaro savdo palatasi bosh kotibi Pan Guotszing boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda, bosh kotib Shanxay Xalqaro savdo palatasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan brifing paytida “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Bundan tashqari, Pan Guotszing o‘z intervyusida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ham gapirib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan brifingda Xitoy Xalq Respublikasining ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralari vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi telegraf.uz nashri.