Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top Gear’ning sobiq boshlovchisi yangi shouda yiliga 15 mln dollar topadi
Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson Britaniyaning eng ko‘p haq oladigan teleboshlovchisiga aylanadi. Mirror nashrining yozishicha, u avtomobillarga bag‘ishlangan yangi shousida 10 mln funt sterling (15 mln dollar) oladi.
Top Gear prodyuseri bilan ixtilof tufayli loyihani tark etgan Klarkson yangi shouni Amazon Prime videoservisida olib boradi.
Amazon Prime’ning byudjyeti 250 mln dollarni tashkil qiladi. Uch yil ichida shouning 36 qismini ishlash rejalashtirilmoqda. Shouning nomi ma'lum emas. Hozircha Klarkson uni Top Gear’ning sobiq boshlovchilari Jyeyms Mey va Richard Xemmond bilan birga olib borishi oshkor qilindi.
Shouni ko‘rish uchun Amazon Prime foydalanuvchilari yiliga 121 dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.