Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti muvaqqat hukumat tarkibini tasdiqladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat 1 noyabrdagi muddatdan avvalgi parlament saylovlarigacha boradigan muvaqqat hukumat tarkibini tasdiqladi. Bu haqda Turkiya prezidenti devonxonasi ma'lum qildi.
Yangi Vazirlar mahkamasi a'zolari ro‘yxatini Erdo‘g‘anga 25 avgust kuni muvaqqat hukumatni shakllantirish mandatini olgan Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu topshirdi.
Yangi hukumatda Milliy harakat partiyasi vakili Tug‘rul Turkesh bosh vazir o‘rinbosari lavozimini, kurdlarni yoqlovchi kuchlar vakillari Ali Haydar Kenja va Muslim Dogan mos ravishda Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vazir va rivojlanish vaziri lavozimlarini egallaydilar.
Ushbu tarkibdagi hukumat 1 noyabrda bo‘lib o‘tadigan muddatdan avvalgi saylovlargacha faoliyat yuritadi.