Jahon | 16:04 / 28.08.2015
3257
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina 31 avgustga qadar Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilish masalasini ko‘rib chiqadi

31 avgust kuni Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, unda Rossiya qarshi sanksiyalar joriy qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Avgust oyining o‘rtasida Ukraina vazirlar mahkamasi Donbassdagi vaziyat yuzasidan Rossiyaning bir qator jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi qaratilgan sanksiyalarni ma'qullab, ularni kengash muhokamasiga kiritdi.

Cheklovlar o‘rnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatlari faqat xizmat chog‘ida foydalanish uchun tuzib chiqilgan, shu bois ularning nomlari e'lon qilinmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish