Fan-texnika | 17:49 / 28.08.2015
3498
1 daqiqa o‘qiladi
«VKontakte» va «Odnoklassniki» Facebook`ni raqobatchi o‘rnida ko‘rmaydi
«VKontakte» matbuot kotibi Georgiy Lobushkin mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni bo‘yicha Rossiyada kuchli raqobatchilarga ega emasligi, bu borada faqatgina «Odnoklassniki» raqobatchi bo‘lishini aytib o‘tdi.
«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ining rivojlanish bo‘yicha direktori Arsen Israpilov esa Facebook — boshqa bozor uchun mo‘ljallangan boshqa mahsulot ekanini ta'kidladi.
Bugungi kunda «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida kunlik tashrif buyuruvchilar soni 80 mln nafarni tashkil etsa, «Odnoklassniki»ning kunlik auditoriyasi 46-48 million atrofida.
Ayni paytda, 24 avgust kuni Mark Tsukerberg Facebook kunlik auditoriyasi 1 mlrd nafarga yetganini ma'lum qildi.