«Volfsburg» sport direktori: «Manchester Siti» de Bryuynega shunchaki ajoyib taklif bilan chiqdi»
Germaniyaning «Volfsburg» klubi sport direktori Klaus Allofs jamoa futbolchisi Kevin de Bryuynening «Manchester Siti»ga o‘tishi bilan bog‘liq muzokaralar haqida so‘zlab berdi.
«Unda «Manchester Siti» tomonidan bildirilgan, aqlbovar qilmas, shunchaki aqlbovar qilmas darajadagi taklif bor. Biz bunday taklif bilan raqobatlasha olmaymiz».
«Biz bu taklifni jiddiy qabul qildik va «Siti» bilan muzokaralarni boshladik. Muzokaralarga anchagina aniqlik kiritilgan bo‘lsa ham, bu savdo hozircha to‘liq yakunlangani yo‘q. Umid qilamanki, bugun kechga yaqin yoki ertalab bu masalaga oydinlik kiritiladi».
«Men pulni qo‘lga kiritishni emas, de Bryuyneni saqlab qolishni xohlagan bo‘lardim. Ammo hozir pul asosiy masala bo‘lib turibdi. Chunki «Volfsburg» ham chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan», deya Allofsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi talkSPORT nashri.