Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: 2017 yilga qadar amerikaliklar ko‘proq miqdorda gazsiz suv iste'mol qilishga o‘tishadi
2015 yilda AQShda qadoqlangan suv savdosi 7 foizni tashkil qiladi. Bunday dinamika saqlanib qolgan taqdirda 2017 yilga kelib AQShda qadoqlangan suv gazlangan ichimliklardan ko‘proq hajmda sotila boshlaydi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.
Nashrning yozishicha, 2014 yilda Nestle kompaniyasi qadoqlangan ichimlik suvidan Dr Pepper Snapple Group gazlangan ichimliklardan sotgandan ko‘ra ko‘proq hajmda sotdi. Nestle savdolar hajmi bo‘yicha Dr Pepper’ni AQShda spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar ro‘yxatida 3-o‘ringa surib qo‘ydi. Qadoqlangan ichimlik suvining ommalashishi Coca-Cola va PepsiCo savdosiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Beverage Marketing kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda 2000 yildan beri qadoqlangan ichimlik suvining iste'moli aholi jon boshiga 2 barobarga oshgan va qariyb 140 litrni tashkil qilmoqda. Bu orada gazlangan ichimliklar iste'moli 1,5 barobarga, ya'ni 150 litrgacha kamayib ketdi.