Fan-texnika | 20:28 / 28.08.2015
2962
1 daqiqa o‘qiladi
Xiaomi o‘zining shaxsiy protsessorlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Xiaomi kompaniyasi 2016 yilning boshida ikki modifikatsiyadagi o‘z protsessorlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda gizmochina.com portali.
Protsessorlardan birinchisi kamroq quvvatli va ishlab chiqarishi arzonroq bo‘ladi. Bu protsessor bilan Redmi seriyasidagi o‘ta arzon qurilmalarni jihozlash rejalashtirilmoqda, bu holat ushbu qurilmalarning tannarxini yanada arzonlashtirishga imkon beradi.
Ikkinchi protsessor 8 yadroli bo‘lib, o‘rtacha narx segmentiga kiruvchi smartfonlarda ishlatiladi. Xiaomi o‘zining qimmatbaho qurilmalarida avvalgidek Qualcomm protsessorlaridan foydalanishda davom ettaveradi.