Jahon | 18:06 / 29.08.2015
10290
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidentligiga nomzod senator Rubio Putinni «gangster» deb atadi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Marko Rubio o‘zining saylovoldi chiqishlaridan birida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «gangster» deb atadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Amerikalik senator “agarda siz Vladimir Putin bilan siyosiy raqobatchi bo‘lsangiz, behosdan plutoniyli suv ichib qo‘yishingiz mumkin”, – deya fikr bildirgan.

Rubio Rossiya AQSh uchun eng katta xavflardan biri bo‘lib, uning oldida Shimoliy Koreya, Xitoy va Eron ham ip esha olmasligini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish