AQShda otib ketilgan jurnalistning otasi mamlakatda qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurash olib borishga va'da berdi
Endi Parker — Virjiniya shtatida jonli efir vaqtida o‘z hamkasbi tomonidan otib ketilgan ikki jurnalistdan birining otasi qurol-yarog‘ sotib olayotgan kishilarning ruhiy salomatligi bilan shug‘ullanishini ma'lum qildi, deya xabar berdi The Independent.
Parker qurol olib yurishni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan holda ruhiy salomatligida muammosi bor odamlarning unga ega bo‘lish jarayonini murakkablashtirishga va'da berdi.
“Men qurol olib yurishni taqiqlamoqchi emasman, – dedi u. – Biroq siyosatchilarni qurol savdosiga oid qonunlarni qayta ko‘rib chiqishga undovchi qandaydir usul bo‘lishi kerak. Bu unchalik qiyin ishga o‘xshamaydi”.
Eslatib o‘tamiz, jurnalistlarni jonli efir vaqtida ularning 41 yoshli sobiq hamkasbi Vester Flenagan otib ketgan edi.
U o‘z joniga qasd qilishga harakat qilganidan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Biroq olgan jarohati tufayli vafot etgan.
U jinoyat sodir etganidan so‘ng ABC News telekanaliga faks orqali murojaat qilib, o‘z harakatini izohlagan. Jinoyatchi xabarida yozilishicha, bu ishni AQShdagi kamsitishlar sababli amalga oshirgan. Flanagan o‘zining qora tanli bo‘lgani uchun ko‘p marotaba haqorat va kamsitishlarga duch kelganini ma'lum qilgan.