Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:20 / 29.08.2015
2256
1 daqiqa o‘qiladi
"Atletiko" argentinalik yosh futbolchi Kranevitter bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
"Atletiko" "River Pleyt"dan yosh yarimhimoyachi Matias Kranevitterning sotib olinganini rasman e'lon qildi.
Madridliklar saytida bildirilishicha, 22 yoshli xavbek bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.
Qayd etilishicha, bu futbolchi shu yilning oxirida, hozirgi jamoasi bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib qaytganidan keyin qo‘shiladi.
Biroz oldinroq, "Atletiko" uning transferi uchun 8 mln sarflagani xabar qilingandi.
Bu futbolchi uchun "Inter" va "manchester" jamoalari ham qiziqish bildirishayotgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish