Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:33 / 29.08.2015
3823
1 daqiqa o‘qiladi
Chadda "Boko Haram"ning o‘nlab jangarilari qatl etildi
29 avgust kuni Chadda "Boko Haram" tashkiloti a'zolari bo‘lgan o‘nlab jangarilar qatl qilindi. Bu haqda Channel News Asia xabar qilgan.
"Jangarilar bugun ertalab mamlakat poytaxtining shimoli-sharqidagi harbiy poligon hududida otib o‘ldirildi", deyiladi xabarda.
Biroz oldinroq, Chadda o‘nlab jangarilar o‘limga hukm qilingani haqida xabar berilgandi. Chadda shu yilning iyul oyi oxirida o‘lim jazosi qayta tiklangandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish