05:03 / 29.08.2015
3269

Chortoqda Qirg‘izistondan 7 ming quti sigareta o‘tkazishga harakat qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Chortoqda Qirg‘izistondan 7 ming quti sigareta o‘tkazishga harakat qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, chortoqlik Mahmud Qambarov Bog‘iston qishlog‘ida qirg‘izistonlik Nurlan ismli yigit bilan tanishib qolgan. Nurlan Qirg‘izistondan arzon mol olib o‘tib berishini aytgan.
O‘rtadagi kelishuvga muvofiq, belgilangan kunda Nurlan Rinjit postiga 6 990 quti PINE va LD sigaretalari, shuningdek, 14 dona “Zver” nomli burchak chiqarish uskunasini olib kelib bergan. Ammo bu mollar chegarachilar tomonidan ushlab qolingan.
Xolislar guvohligida ulardan hujjati bo‘lmagan 12.582 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari va 990 ming so‘mlik uskunalar olib qo‘yilgan.
Sud Qambarovga eng kam oylik ish haqining 400 barobarida jarima belgiladi.

Top